Afg'onistonda 2 nafar madrasa o'qituvchisi o'ldirildi

0

Aamaj News’ning qurbonlardan birining yaqinlariga tayanib xabar berishicha, bugun ertalab noma'lum shaxslar Kapisa viloyatidagi Abu Hanifa nomidagi madrasaning to'rt nafar o'qituvchisiga qarata o't ochgan.

Ulardan ikki nafari, jumladan, madrasa mudiri Ruholla Hanifyar voqea joyida vafot etgan, ikki nafari jarohat olgan.

Hanifyarning mahalliy ulamolar kengashi raisi bo'lib ishlagan otasi ham uch yil avval otib o'ldirilgan, qotillar noma'lumligicha qolmoqda.

RBK