BAA Turkiya iqtisodiyotiga katta investitsiya kiritadi

0

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Turkiya iqtisodiyotiga investitsiya kiritish uchun 10 milliard dollar ajratdi.

Bu haqda chorshanba kuni Anqarada bo'lib o'tgan matbuot anjumanida BAA Davlat investitsiya jamg'armasi – Abu Dhabi Development Holding boshqaruvi raisi Muhammad Hasan al-Suvaydiy ma'lum qildi.

Avvalroq Turkiya Respublikasi Markaziy banki va Birlashgan Arab Amirliklari Markaziy banki o'rtasida o'zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Hujjatlarni imzolash marosimi Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad ibn Zayd al-Nahyonning Anqaraga tashrifi doirasida bo'lib o'tdi.

Ushbu tashrif natijalariga ko'ra, Turkiya va BAA o'rtasida energiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, moliya va savdo sohalarida jami 10 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Valiahd shahzoda Turkiyaga prezident Rajab Toyyib Erdog'anning taklifiga binoan keldi. Uning tashrifi oxirgi yillarda sovuqlashib qolgan ikki davlat munosabatlarini yaxshilashga turtki beradi deya baholanmoqda.

loading...