Qidiruv e'lon qilingan qarzdor qidirib topilgach, unga nisbatan qanday chora ko'riladi?

0

– Fuqarolik sudining qaroriga asosan sobiq turmush o'rtog'imdan aliment undirish belgilangan edi, hozirda u Rossiya federatsiyasiga ketganligi sababli unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. Qarzdor qidirib topilgach, unga nisbatan qanday chora ko'riladi?

Javob: Majburiy ijro byurosi tomonidan “Shaxslarni davlatlararo qidirish to'g'risida”gi MDH shartnomasiga asosan, sud qarorlarini ijro etishdan bo'yin tovlayotgan qarzdorlarni qidirish bo'yicha xalqaro hamkorlik amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu hamkorlik asosida qarzdor chet eldan topilib, O'zbekistonga olib kelingach, aliment qarzdorligini ixtiyoriy to'lamagan taqdirda, dastlab unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 474-moddasiga asosan 15 sutkagacha ma'muriy qamoq jazosi qo'llaniladi, shundan keyin ham karzdorlik to'lanmagan taqdirda JKning 122-moddasiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atilib, javobgarlik masalasi hal qilinadi, deya javob berdi AOKAda o'tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo'latov.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here