4 nafar bola portlab ketdi

0

Afg'onistonning Taxar viloyatida 25 noyabr, payshanba kuni o'zlari topgan mina portlashi oqibatida to'rt nafar voyaga yetmagan bola halok bo'ldi. Bu haqda Ozodiy radiosi viloyat hokimiyatiga tayanib xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, fojia Talukan shahri yaqinida sodir bo'lgan. Bir guruh bolalar portlovchi moslama topib, uni sotish uchun shaharga olib o'tmoqchi bo'lgan. Tashish vaqtida mina portlagan.

O'lganlar sakkiz yoshdan o'n yoshgacha bo'lgan.

Nashrning ta'kidlashicha, Afg'onistonda ko'p yillik urushlar natijasida butun mamlakat bo'ylab tarqalgan o'q-dorilarning portlashi oqibatida ko'pincha bolalar halok bo'ladi.

loading...