Mabodo, o'lmay qolsang, keyin bir umr yuzimga bosib yurasan…

0

Bir odamning xotini kasal bo'lib qolibdi.
— Men ketadiganga o'xshayman, mendan rozi bo'ling!
— Qo'y, unday dema kampir!
— O'laman dedimmi – o'laman! Mendan yashirgan siringiz bo'lsa, ayting: go'rimga olib ketaman. Tag'in aytmadim deb armon qilib yurmang!
— Menda qanaqa sir bo'lishi mumkin?
— Masalan, menga qilgan xiyonatingiz…
— Ha, shunday de? To'xta, unda men bir o'ylab olay! — debdi-da, chuqur o'yga tolibdi. — Kechir, kampir, lekin senga bu sirlarimni aytolmas ekanman.
— Nega?
— Mabodo, o'lmay qolsang, keyin bir umr yuzimga bosib yurasan…

 

loading...