Parizoda to'rtinchi marta homilador ekani rostmi?

0

U ko'pchilik obunachilari shunday savol berayotganini aytdi.
Raqqosa, aktrisa Parizoda Instagram sahifasida homiladorligi haqida obunachilar bergan savollarga javob berdi.

U tinmay tug'avermasligini ta'kidladi. Raqqosaning so'zlariga ko'ra, ko'pchilik shunday savol berayotganini aytdi. Parizoda homilador emasligini, qorni ham yo'qligini aytdi.

«Voy-dod, tinmay tug'averamanmi? Juda ko'pchilik homiladormisiz deyishyapti. Qornim yo'q», — deydi u.
Shuningdek, u har bir ayol chegarasini bilishi kerakligini aytdi. Aktrisa ona bo'lish oson emasligini ta'kidladi. Raqqosaning so'zlariga ko'ra, ketma-ket ona bo'lish salomatlikka ancha zarar yetkazadi.

«Mening fikrimcha, har bir ayol o'z chegarasini bilishi kerak. Homilador paytimizdan tortib, farzandni dunyoga keltirib, uni katta qilishimiz internet tarmoqlari orqali oson ko'rinishi mumkin. Lekin ona bo'lish oson vazifa emas. Ketma-ket farzandli bo'lish esa, ancha salomatlikning yo'qolishi va asab tizimining charchashiga olib keladi», — deydi raqqosa.

loading...