Til kattalashishining sababi nima?

0

🔘 Tilning kattalashishini tibbiyotda makroglossiya deb ataladi. Makroglossiya ko'pgina kasalliklarda uchraydi, jumladan:
☑️ tug'ma gipotireoz;
☑️ Daun sindromi;
☑️ allergiya va boshqa kasalliklarda uchraydi.

✅ Bunda til shish hisobiga kattalashib, tish izlari namoyon bo'ladi. Yana pastki jag'ning to'liq rivojlanmay qolishi hisobiga til kattadek tuyulishi mumkin. Bu nasliy ahamiyatga ega.

✔️ Chaqaloqlarda esa ona tomonidan shikoyatlar bo'lmasa, o'yinqaroqlik natijasida tilni chiqarib o'ynashi kuzatiladi.
Makroglossiya – nafas olish, yutinish, chaynash va nutq buzilishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

🔷 Davolashda kasallikni keltirib chiqargan omillarni bartaraf etish, stomatolog, endokrinolog va pediatr maslahati kerak bo'ladi.