Barbados Yelizaveta IIni davlat rahbari lavozimidan chetlatmoqchi

0

Barbados hukumati 30 noyabrdan boshlab qirolicha Yelizaveta IIni davlat rahbari lavozimidan chetlatish niyatida.

Bu haqda ushbu masala bilan shug'ullanayotgan qo'mita a'zosi Sulaymon Bulbulga tayanib, Bloomberg agentligi xabar bermoqda .

Shu tariqa Buyuk Britaniya monarxi 30 yil ichida birinchi marta o'zining ko'plab qirolliklaridan birini yo'qotmoqda.

«Nuqtai nazarimizda bu ayni vaqti. Bu bizning sayohatimizdagi navbatdagi qadam – bizni Buyuk Britaniya bilan bog'laydigan «kindik ichakni kesishdir»,– deydi Bulbul.

Uning ta'kidlashicha, bu qadam ramziy ahamiyatga ega. Chunki 1966 yildan beri Barbados suveren davlat hisoblanadi.

Bulbulining so'zlariga ko'ra, 30 noyabr kuni Barbados gubernator general Sandra Meysonni prezident etib tayinlaydi. O'z navbatida, Meyson ta'kidlashicha, orol aholisi mustamlakachilik o'tmishini ortda qoldirib, mamlakat boshida barbadiyalikni ko'rishni istashlarini bildirgan.

Sentyabr oyida Barbados parlamenti davlat konstitutsiyaga o'zgartirish kiritgan edi. Ushbu o'zgarishga ko'ra, Yelizaveta IIni hukmdori maqomidan mahrum qilinadi. Endi Yelizaveta II 16 mustaqil davlat qirolichasi hisoblanadi.

mir24.tv

loading...