Farg'onada fuqaroni 7 ming dollarga chuv tushirgan «usta» ushlandi

0

Farg'ona viloyati Quvasoy shahrida 2018 yil bahor oylarida M.I tanishi S.A.ning ishonchiga kirib xonadoni uchun «Akfa» eshik-romlari yasab berishini aytgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, M.I undan jami 7.000 AQSh dollari pullarini olib ketib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan dollarini o'z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.