Xitoyda kuchli qor bo'ronlari kuzatildi. Maktab va bog'chalar vaqtincha yopildi

0

Xitoyning shimoli-sharqidagi provinsiyada kuchli qor bo'ronlari sodir bo'ldi. Bu haqda the watchers xabar berdi.

Qayd etilishicha, qor bo'ronlari Xeylunszyan va Szilin provinsiyalarida kuzatilgan. Ob-havoning keskin o'zgarib ketishi oqibatida Xarbin, Szilin va boshqa shaharlardagi maktab va bog'chalar vaqtincha yopilgan.

Jumladan, Szyamusi shahriga 42 santimetr qalinlikdagi qor yog'gan. Shahardagi 22ta avtomagistral yo'l yopilgan. Transport reyslari esa bekor qilingan.

korrespondent.net

loading...