28-noyabr kuni poytaxtda ayrim ko'chalar vaqtincha yopiladi

0

28-noyabr kuni o'tkazilayotgan “Salomatlik sari 5000 qadam” yarim marafon munosabati bilan vaqtincha soat 08.00 dan 14.00 gacha quyidagi ko'chalarda transport vositalarining harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.

Jumladan, Oybek va Afrosiyob ko'chalari Nukus ko'chasidan Islom Karimov ko'chasigacha, Afrosiyob Beshyog'och chorrahasidan Olmazor-  Islom karimov chorrahasigacha, shuningdek Sharof Rashidov, Shota Rustaveli va Mirobod ko'chalari bilan kesishgan joyda.

loading...