Namanganda xonadonda saqlanayotgan “Marixuana” musodara qilindi

0

2021 yil 18 noyabr kuni, Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB HPMB profilaktika inspektori A.Qobulovni bergan ma'lumotiga ko'ra, Namangan shahrida yashovchi,  1972 yilda tug'ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, hovlisidagi omborxonasida qora sellofan paketga o'ralgan, o'tkir hidli, och yashil rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko'rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko'ra, ushbu moddaning sof og'irligi 47,01 gramm bo'lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko'rsatilgan.

Ushbu holat bo'yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 noyabr kuni O'z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.