Prezident Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etib, Ashxoboddan Toshkentga qaytdi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o'tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etib, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda uning matbuot kotibi ma'lum qildi.

Avval xabar berganimizdek, davlat rahbari sammitdagi nutqida hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha ko'plab takliflarni ilgari surdi.

Ma'lum qilinishicha, anjuman yakunida harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi.

«Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raislik 2022 yilda O'zbekistonga o'tgani sammitning muhim natijalaridan biri bo'ldi»,-deyiladi xabarda.

loading...