Qashqadaryoda 1,5 mln so'm pora olgan sport maktabi direktori 5 yilga qamaldi

0

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida pora olgan direktor qamaldi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, tumandagi sport maktabi direktori fuqaroni ishga qabul qilish uchun 1,5 mln so'm talab qolgan. Direktor so'ralgan pullarni olayotganda ushlangan.

Unga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi (Pora olish) bilan jinoiy ish qo'zg'atilgan va aybdor deb topilgan. Sud qaroriga ko'ra u 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va 2 yilga mas'ul lavozimda ishlash huquqidan mahrum etilgan.