Chiroqchilik «ShOVVOZ»ga jinoyat ishi qo'zg'atildi

0

2021 yil 27 noyabr kuni soat 16:10 larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududida qoidabuzarligi uchun to'xtatilgan 1998 y.t. «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi H.A. IIO xodimlarining qonuniy talabiga bo'ysunmasdan, atrofdagilarning hayoti va sog'lig'iga xavf solgan holda voqea joyidan qochib ketishga uringan.

Mazkur holat tegishli tartibda hujjatlashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Haydovchi H.A. ga nisbatan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to'g'risida” gi qonuniga muvofiq, xodimlarga, jinoyatlarga va ma'muriy huquqbuzarliklarga chek qo'yish uchun jismoniy kuch, maxsus texnika vositalari yohud qurol ishlatish vakolati berilgan.

loading...