Qashqadaryoda «Gai»larga yangi rahbar keldi. Avvalgi rahbar qaerga ketdi?

0

Polkovnik Sadirov Aziz Sirojiddinovich Qashqadaryo viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
U tayinlovga qadar Toshkent shahar IIBB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o'tamiz, avval bu lavozimda Axmat Saatov faoliyat ko'rsatgan. U 2020 yil avgust oyidan buyon rahbar bo'lib ishlab kelayotgandi. Uning nega ishdan ketgani yoki bo'shatilgani haqida hali aniq ma'lumot berilmadi.