Samarqandda 13 yoshli qiz onasi bilan yashab kelayotgan erkakdan homilador bo'lgani ma'lum qilindi

0

Ma'lum bo'lishicha, qiz 5 yildan beri onasi bilan yashab kelayotgan erkakdan homilador bo'lib qolgan. Bu haqda qizning o'zi aytgan. Uning qo'shimcha qilishicha, erkak qizni 11 yoshidan buyon muntazam zo'rlab keladi. Qizning homiladorligini 12 noyabr kuni xolasi bilib qolgan va darhol huquq tartibot organlariga murojaat qilgan.

Qiz o'qiydigan maktab direktorining aytishicha, uning oilasida nosog'lom muhit hukmronlik qiladi, onasi doim mast holda yuradi. Qizning homiladorligini hatto sinfdoshlari ham payqamagani aytilmoqda. Holat bo'yicha JKning 128-moddasi (O'n olti yoshga to'lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...