Samarqandda «Malibu»ga yashirilgan ko'p miqdorli pirotexnika vositalari aniqlandi

0

29 noyabr kuni soat 16:30 larda Samarqand viloyati, Pastdarg'om tumanida katta miqdordagi pirotexnika vositalari yashiringan avtomobil aniqlangan. Bu haqda YHXB ma'lum qildi.

Tuman hududidan o'tuvchi 4R-46 avtomobil yo'lining 7-kilometrida YPX xodimlari Sh.Kazakov va O.Ergashevlar tomonidan «Malibu» rusumli avtomobil to'xtatilib tekshirilganda, yukxonasida 3000 quti pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan vositalar tuman IIBga topshirilgan.

loading...