Sergelidagi hodisada jabrlanganlarning o'n nafari og'ir ahvolda

0

Bugun Sergeli tumanida joylashgan ishchilar yotoqxonasida yong'in sodir bo'lgani haqida xabar berildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ushbu yong'inga gaz quvurlarining nosozligi tufayli xonaga gaz to'planishi va buning oqibatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab bo'lgan.

Sog'liqni saqlash vazirligi ushbu noxush hodisa tufayli jabrlanganlarning salomatligini jiddiy nazoratga oldi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Xususan, yong'in natijasida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan 18 nafar fuqaro darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi. Ayni paytda barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo'yicha zarur tibbiy yordam ko'rsatilib, muolaja jarayonlari davom etmoqda.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, yong'indan jabrlangan shaxslarning barchasi erkak kishi bo'lib, ularning 10 nafari reanimatsiya bo'limida davo mulojalarini olmoqda.

loading...