Sobiq direktor 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sabab o'sha biz bilgan…

0

Avvalroq Kitob tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida tumandagi 2-sonli Bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori M.X ning o'z xizmat xonasida  fuqaro U.B.dan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo'yish uchun 1 million 500 ming so'm miqdordagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo'lga olingani ma'lum qilingan edi.

Tuman hokimligi ma'lumotiga ko'ra, yaqinda Jinoyat ishlari bo'yicha Kitob tumani sudida G'.Ostonov raisligi ostida ushbu holatga oid sud ishi ko'rib chiqildi.

Unga ko'ra, sudlanuvchi M.Xga O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

loading...