Turkiyada kuchli shamol tufayli odamlar halok bo'ldi (video)

0

Istanbulda kuchli shamol tufayli tom qulashi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi, deb xabar berdi NTV telekanali.

Avvalroq Turkiya qirg'oq qo'riqlash xizmati RIA Novosti agentligiga kuchli shamol tufayli Bosfor bo'g'ozida kemalar harakati to'xtatilgani haqida ma'lum qilgandi. Xuddi shu sababga ko'ra, Turk havo yo'llarining oltita samolyoti Istanbulga qo'na olmay, Anqara va Izmirga jo'natildi.