“Tutqunlik” filmi yana bir xalqaro kinofestivalda taqdirlandi

0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Rashid Malikov rejissyorligida suratga olingan “Tutqunlik” (“Nevolya”) badiiy filmi Rossiyada bo'lib o'tgan “Volokolamskiy rubej” harbiy-vatanparvarlik kinofestivalida “Gran-pri” bosh sovrini bilan taqdirlandi.

Mazkur kinofestival 2004 yildan buyon o'tkazilib kelinadi. Unda harbiy-vatanparvarlik mavzusida suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar saralab olinadi.

«Tutkunlik» filmi real voqealarga asoslangan bo'lib, unda Yaqin Sharqdagi urush o'chog'idan vatandoshlarimizni qaytarilishi aks ettirilgan. 2019-2020 yillar o'tkazilgan mazkur «Mehr» operatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Ma'lumot uchun, “Tutqunlik” kinokartinasi yaqinda Turkiyaning “Korkut Ata” xalqaro kinofestivalida ham ishtirok etib, hakamlar hay'atining maxsus sovriniga sazovor bo'lgan edi.

 

loading...