«Ulug'bek Qodirov bilan olishaman deganman». Azamat Axrorov kinoga kirib kelishi haqida gapirdi

0

U Ulug'bek Qodirovga havas qilmaganini aytdi.
Aktyor Azamat Axrorov YouTube’dagi «Salom live» loyihasiga bergan intervyusida kinoga Ulug'bek Qodirov bilan olishish maqsadida kirgani haqida gapirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, u Ulug'bek Qodirovga havas qilmagan. Azamat Axrorov aktyordan qaysidir tomonlama o'tishga harakat qilganini aytdi. Shuningdek, aktyor o'ziga-o'zi kumir ekanini ta'kidladi.

«Yo'q, men u aktyorga havas qilmaganman. Men u bilan olishaman degan niyatim bo'lgan. U aktyordan qandaydir miqdorda o'tishim kerak. Hozir o'tdim yoki o'tmadim deyolmayman. Men u odamni kinolarda ko'rardim. Nimaga men u kabi mashhur bo'lolmayman yoki nega u o'ynagan kinolarni o'ynolmayman? Ulug'bek Qodirov aktyor sifatida ham kuchli. Kumir bo'lsa, havas bo'ladi. Menda kumir yo'q. Chunki men o'zimga kumirman. Misol uchun, insoniylik tarafdan otam menga kumir. Boshqa tomondan o'zimga o'zim kumirman. Ulug'bek Qodirovni birinchi kursligimdan, o'sha aktyordek bo'laman deganman. U Ulug'bek Qodirov bo'lsa, men Azamat Axrorov bo'laman deganman. Agar u kabi bo'laman deganimda hech kim bo'lolmasdim», — deydi u.

loading...