Korxonaning 319,7 mln so'mini o'zlashtirgan rahbar o'rinbosarining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Muborak tuman bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M-S.” MChJ rahbari o'rinbosari B.I. va boshqalar oldindan til biriktirib, 2021 yilning mart-oktyabr oylarida MChJning 319,7 mln so'm pul mablag'ini bank plastik kartasiga o'tkazib, o'zlarining manfaatlari yo'lida sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.