«Zapravka»dagi portlashda 5 kishi jorohatlandi

0

Farg'ona viloyati Toshloq tumani tuman hokimining qarorida ma'lum bo'lishicha, gaz quyish shahobchasida 25 noyabr kuni portlash sodir bo'lgan.
Xabarga ko'ra, voqea soat 16:42 atrofida Varzak mahallasi Ko'prikboshi ko'chasida sodir bo'lgan. Hududdagi suyultirilgan gaz to'ldirish shoxobchasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan.

Natijada shoxobchada xizmat olib borayotgan 5 nafar ishchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Biroz avval Sergelida yuz bergan portlash va yong'in oqibatida 18 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edik. Sergeli tumanida ham ishchilar uchun joylashgan yotoqxonada havo-gaz aralashmasining chaqnashi va buning oqibatida yong'in sodir bo'lgan.

loading...