62 nafar O'zbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashtirganlik uchun sudlangan — Oliy sud

0

2016 — 2020 yillar hamda 2021 yilning 1-yarmi davomida 62 nafar O'zbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashtirish uchun sudlangan.

Ularning 18 nafari yoki 29 foizi 18 yoshdan 30 yoshgacha, 43 nafari yoki 69,4 foizi 31 yoshdan 60 yoshgacha, 1 nafari yoki 1,6 foizi 60 yosh va undan yuqori yoshdagi shaxslar hisoblanadi. Ulardan 2 nafari yoki 3,2 foizi ayollar hisoblanadi.

Sudlangan shaxslarning 41 nafari yoki 66,1 foizi jinoiy qilmishni terroristik tashkilot, ularning vakillari yoki unga aloqador shaxslarga pul mablag'larini taqdim etish yoki ularning hisob raqamlariga pul ko'chirish yo'li bilan sodir etgan bo'lsa, 21 nafari yoki 33,9 foizi ularning moliyaviy xarajatlarini qoplash yo'li bilan sodir etgan.

loading...