Alla Pugachyova va Maksim Galkin ajrashayotgani rostmi?

0

Ular 10 yildan buyon birga hayot kechiradi.
Jahonga mashhur «Rossiya Primadonnasi» Alla Pugachyova va satira yo'nalishida ijod qiluvchi aktyor Maksim Galkinning ajrashayotgani to'g'risida mish-mishlar tarqaldi. San'at olamida taniqli bo'lgan juftlik haqida tarqalgan bu xabar yolg'onligi ma'lum bo'ldi.

Alla Pugachyova va Maksim Galkin shu yilning 23 dekabrida turmush qurganining 10 yilligini nishonlaydi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda ular haqida turli xil gap-so'zlar tarqaldi. Rus estradasining 72 yoshli xonandasi Alla Pugachyova turmush o'rtog'i Maksim Galkin bilan ajrashishi haqida tarqalgan gap-so'zlarni rad etdi. Uning oilasi bilan yaqin munosabatda bo'lgan xonanda Aleksandr Medvedev ham bu holatning mutlaqo yolg'onligini aytgan.

Ma'lumot uchun, Alla Pugachyova 2011 yilda aktyor Maksim bilan turmush qurgan. Hozirda ularning Elisabet va Garri ismli egizak farzandi bor. Xonanda hozir ham ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda va yangi musiqiy albom ustida ishlamoqda.

Avvalroq, Filipp Kirkorov Alla Pugachyovaning nima sababdan musiqiy teatrdan ketganini aytgani haqida xabar berilgan edi.

loading...