Imon Karimova bobosining ish kabinetida buvisi bilan suratga tushdi (foto)

0

Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Toshkentga keldi. Bu haqda Imon instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.

Imon Karimova sahifasida Toshkentda bobosi Islom Karimovning ish kabinetiga borgan suratini joyladi. U suratga buvisi Tatyana Karimova bilan tushgan.

Shuningdek, Imon bobosi faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohi endilikda muzey shaklida ochilishini, unga istagan shaxs kira olishini ma'lum qilgan.