Kobulda yana portlash!

0

Kobuldagi Dar-ul-Amon xiyobonida portlash sodir bo'ldi. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, kamida besh kishi jarohat olgan. Ular orasida Tolibon vakillari ham bor. Bu haqda Ariana News telekanali xabar berdi.

Portlash 30 noyabr, seshanba kuni maktab yaqinida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yo'l chetiga o'rnatilgan mina portlagan.

Kobul politsiya departamenti vakili portlashni tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, hech kim halok bo'lmagan.

loading...