Maosh 800 yevrogacha: o'zbekistonliklar Xorvatiyada ishlash uchun taklif etildi

0

Xorvatiyada duradgorlik sohasida ishlash uchun O'zbekiston fuqarolari taklif etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bergan e'longa ko'ra, oylik maosh – 650 yevrodan 800 yevrogacha. Fuqarolarning transport, turar joy va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

👤Nomzodlarga qo'yiladigan talablar: 25-45 yoshgacha bo'lishi, maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo'lishi, rus yoki ingliz tilida muloqot darajasida bilishi, duradgorlik sohasida 5 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi, sudlanmagan bo'lishi.

 

loading...