Nima uchun avtomobil yetkazib berilmayapti: UzAuto Motors sababini ma'lum qildi

0

UzAuto Motors noyabr-dekabrda avtomobil yetkazib berilishini kutayotgan xaridorlarga bayonot bilan chiqdi.

Kompaniya avtomobilni yetkazib berish bo'yicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma'lum qildi.

📝““UzAuto Motors”ga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli, yarimo'tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qo'llashga hamda 3.1 bandda ko'rsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur.

“UzAuto Motors” ushbu ekstremal chora iste'molchilar tomonidan to'g'ri tushunilib qabul qilinishiga umid qilmoqda”, – deyilgan bayonotda.