Pfizer omikron-shtammga qarshi vaksina ishlab chiqish arafasida

0

Pfizer farmatsevtika kompaniyasi rahbari Alber Burla koronavirusning yangi omikron shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqish boshlanganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, vaksina 100 kundan kamroq vaqt ichida tayyor bo'lishi mumkin.

Avvalroq Pfizer Yevropa Ittifoqi bilan tuzgan shartnomaga ko'ra omikron shtammining xavfliligi isbotlansa, unda o'z vaksinasini 100 kun ichida yangi shtammga moslashtirishi kerakligi ma'lum qilingan. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rigadagi matbuot anjumanida aytib o'tgan.

Uning ta'kidlashicha, olimlar 2-3 hafta ichida yangi shtamm haqida zarur ma'lumotlarni yig'ishlari, Yevropa Ittifoqi davlatlari esa emlash, qayta emlash va sanitar choralarni faollashtirishi kerak.

Koronavirusning “omikron” deb nom olgan yangi B.1.1.529 shtammi dastlab Afrika janubida aniqlandi. U ko'plab mutatsiyalarga ega bo'lib, hozirda u bilan kasallanish holatlari Yevropaning bir qator davlatlarida, Hongkong, Isroil va Avstraliyada qayd qilingan.

gazeta.ru

loading...