QUL MANMANLIK QILMAYDI!

0

Rasmda Quyosh va sayyoralar solishtirilgan.

Yerni Quyoshni oldidagi to'rtta ko'rinib turgan sayyorlar orasidan qidirmang.

Balki chap tarafdagi kichkina to'rtta qoramtir nuqtalardan uchinchisi biz yashaydigan Yer.

Quyosh oldida Yer shu qadar nuqtadek. Shunday yulduzlar borki, ularning oldida Quyosh nuqtadek bo'lib qoladi, Yer esa nuqtadan ancha kichik bo'lib ketadi.

Endi Quyoshga nisbatan shunday kichkina qora nuqtada, ulkan yulduzlarga nisbatan esa nuqtadan ham ancha kichrayib ketadigan Yerda yashaydigan zarradek insonning kibr, manmanlik qilishi aqlga to'g'ri keladimi?!

Bizni nima quturtiryapti?

Pulmi, qimmat mashinami, qasrdek uyimizmi, zavod, fabrikalarimizmi, tanishlar, muxlislarning ko'pligimi, nima?!

Alloh taolo istasa, bir soniyaning trilliondan bir ulushida hamma narsamizni olib qo'yadi!

Najosat yo'lidan ikki marta o'tganimizni unutmaylik!

fir'avn, homon, qorun, abu jahlning oqibatini esdan chiqarmaylik!

Biz Alloh taoloning qulimiz. Qulga esa qullik, xokisorlik, kamtarlik yarashadi!