Ravshan Ibragimov: “Festival va ko'rik-tanlovlar yangi iste'dodlarni yuzaga chiqaradi”

0

Kinematografiya agentligi tomonidan yosh ijodkorlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Shuningdek, oxirgi yillar kinofestivallar, tanlovlar va yangi loyihalar asosida pitchinglar muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi.

Ijodkor Ravshan Ibragimov yangi imkoniyatlar haqida so'zlab berdi (https://telegra.ph/Qisqa-metrajli-filmlar-11-30): «Kinematografiya agentligi huzuridagi «Yoshlik» kinostudiyasi DUK tomonidan o'tkazilayotgan bir qancha yangi loyihalar yosh ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Jumladan, «Debyut», «Kino 5 kunda», «Yangi O'zbekiston – yoshlar nigohida» singari bir qancha festival va ko'rik-tanlovlar yangi iste'dodlarni yuzaga chiqaradi.

Shu bilan birga, kino sohasining tajribali ijodkorlari tomonidan yoshlar kinolaboratoriyasida mahorat darslari, davra suhbatlari, turli uchrashuvlar ham o'tkazilyapti.

Men yosh ijodkorlar bilan birga, agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan “Olimpiada”, “Skripka” kabi qisqa metrajli filmlarda ishladim. O'ylaymanki, kino sohasidagi yangi loyihalarimiz yanada ko'payaveradi”

Ma'lumot uchun, 2021 yilda jami 48 ta qisqa metrajli film, Zumrasha kinojurnalining 3 ta soni, 1 ta buyurtma asosidagi hujjatli film, 12 ta ijtimoiy rolik ishga tushirilgan va yakunlangan, shu kunlarda yana 11 ta qisqa metrajli film, 2 ta buyurtma asosidagi hujjatli film ustida yosh ijodkorlar tomonidan ish olib borilmoqda. Bu ko'rsatkichlar o'tgan 2020 yilning shu davriga nisbatan 5 barobarga ko'proq.

 

loading...