Respirator allergoz qanday kasallik?

0

 Respirator allergoz – umumiy termin bo'lib, allergenlar (chang, o'simliklar changi, uy hayvonlari) sababli yuzaga keladigan pastki va yuqori nafas yo'llari kasalliklaridir.

 Respirator allergoz quyidagi kasalliklarni o'z ichiga oladi:
-Allergik laringit;
-Allergik rinit;
-Allergik traxeit;
-Allergik bronxit.

Kuzatiladigan shikoyatlar:
-aksirish;
-burun qichishishi;
-burun bitishi;
-yo'tal;
-hushtaksimon xirillashlar;
-nafas olish qiyinligi;
-ko'ch achishishi, ko'z qichishishi.

Yuqoridagi shikoyatlar kuzatilsa, allergolog shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

SoglomHayot