Shuncha baliq qaerdan!

0

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida “baliq yomg'iri” bo'libdi, qabilidagi xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xodisaga oydinlik kiritish uchun «Qamchiqavtoyo'l» ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi axborot xizmati bilan bilan bog'landi.
Ma'lum bo'lishicha, mazkur hodisa joriy yilning 26 noyabr kuni «Toshkent-O'sh» avtomobil yo'lining 227 kilometr qismida sodir bo'lgan.

Gap shundaki, dovon yo'lida harakatlanib ketayotgan xorijiy korxonaga tegishli yengil avtomashina yukxonasida yelim idishda boqish uchun yetishtirilgan baliq chavoqlari olib ketilayotgan bo'lgan.

Shu vaqtda harakat xavfsizligini ta'minlay olmaslik oqibatida yengil avtomashinaga joylashtirilgan yelim idish yorilib, ichidagi baliqlar yo'lga sochilib ketgan.

Mazkur transport hodisasida hech kim jabrlanmagan. Yo'lga sochilib ketgan baliq chavoqlarining asosiy qismi nobud bo'lmasdan yig'ishtirib olingan.

loading...