Sirdaryo viloyatida noqonuniy pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxs qo'lga olindi

0

Sirdaryo viloyati hududida ushbu tadbirlarni o'tkazish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik boshqarmasi, Bojxona boshqarmalari hamkorligida 2021 yil 19 noyabrdagi qo'shma rejasi tuzilgan bo'lib, ushbu chora-tadbir asosida viloyat huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan tadbirlar davomida joriy yilning 28 noyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB va Bojxona xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahrida tadbir o'tkazildi.

Ushbu o'tkazilgan tadbirga ko'ra Sirdaryo viloyati Guliston shahar 4-mavze Bo'ston MFYda yashovchi 1995 yilda tug'ilgan fuqaro E.Sh o'zini boshqaruvida bo'lgan «Neksiya-1» rusumli avtotransport vositasida 4 xil turdagi jami 48060 dona shundan: 20 dona «7 Shots» salyuti, 20 dona «S novыm godom» salyuti, 20 dona «Zolotoy pesok» salyuti hamda 80 blok 48000 dona «Britanik» nomli jami qiymati 22.000.000 so'mlik pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy ravishda sotayotganligi aniqlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, hozirda surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

loading...