Toshkentda yangi metro yo'nalishi quriladi

0

Toshkentda metroning yangi liniyasi quriladi. Bu haqda OAVda xabar qilindi.

Yangi liniya qurilishi uchun umumiy hisobda 354,3 mln dollar ajratiladi. Metro qurilishi uchun 208,3 mln dollari davlat byudjetidan ajratiladi. Qolgan mablag'lar imtiyozli asosda kredit ko'rinishida olinadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq hukumat Chilinzor metro liniyasini Buyuk ipak yo'lidan TTZgacha uzaytirishni rejalashtirayotgani aytilgan edi. 15 noyabr kuni davlat rahbariga bu bo'yicha loyiha taqdim etilgan edi.

loading...