Bachadon tushishi xavflimi? Davosi qanday?

0

✅ Bachadon tushishi – bu uning noto'g'ri joylashuvi, ya'ni bachadon tubi va bo'ynining anatomik chiziqdan pastroqqa siljishi bo'lib, odatda bu holat tug'uruqdan keyin yoki menopauza davrida kuzatiladi. Bundan tashqari homila hajmining kattaligi, jarohatli tug'uruqlar, semizlik, siydik-tanosil tizimi kasalliklari ham bunga sabab bo'ladi.

🔹 Kasallikni davolash uchun bemorning ahvoli, shikoyatlari, kasallik darajasiga ko'ra, konservativ yoki jarrohlik usuli tavsiya etiladi. Bunda har bir bemor uchun tana massasi indeksi, ishlash va dam olish tartibi, ovqatlanishi va boshqa omillarni hisobga olgan holda davolash tartibi tuziladi.

☑️ Konservativ usulda pessariylar- bachadon bo'ynini fiksatsiyalovchi qurilmalar tavsiya etilib, foydalanish tartibi shifokor tomonidan tushuntiriladi. Davolash davomida muayyan mashqlarni bajarish ham yaxshi samara beradi. Bunda “qaychi”, “velosiped” va “kegel” mashqlari samarali hisoblanadi.

 

loading...