Bugun Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni

0

Bugun, 1 dekabr — xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni. Ushbu kunda butun dunyo bo'ylab bunday qo'rqinchli kasallik tufayli vafot etgan millionlab kishini va ularning ortida qolgan g'amgusor oilalarini yodga olinadi.

AQShning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, OITS  ilk bor 1981 yili aniqlanganidan buyon, u dunyodagi har bir mamlakatni chuqur qayg'uga botirib, yo'qotishlarga olib kelgan.

Ta'kidlanishicha, 2017 yilda O'zbekistonda taxminan 1900 kishi shu kasallik tufayli vafot etgan. OITS jahon miqyosidagi ofat ekan, unga qarshi samarali kurashish uchun xalqaro hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi.

Sababi OITS shunday bir qotilki, u na jins, na irq, na millat va na chegara biladi.

UNAIDS ma'lumotiga ko'ra, 2004 yildagi eng yuqori ko'rsatkichdan buyon, butun dunyoda OITS bilan bog'liq o'lim ikki baravarga kamaygan. 1996 yildan esa yangi OIV infeksiyalar 47 foizga qisqargan.

Ayni vaqtda ham Qo'shma Shtatlar OIV/OITS haqidagi stigmani ham kamaytirish uchun ish olib borayotgani ta'kidlnadi.

OIV/OITS gepatit yo sil singari bir infeksiya bo'lib, AQSh bu kasallikni ochiq muhokama qilishga, unga chalingan bemorlar esa qo'rquv va yo ta'qibsiz u haqda erkin gapira olishi uchun sharoit yaratishga chaqiradi. OIV va yo OITSga chalinganlarni kamsitish nafaqat inson qadr-qimmatini tahqirlash, balki ushbu pandemiyani nazorat qilishga oid global sa'y-harakatlarga ham putur yetkazish demakdir.

loading...