“Matiz” avtomobili yonib ketdi

0

Bugun 1 dekabr kuni soat 09:10da Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limiga Beruniy ko'chasida “Matiz” rusumli avtomobilda yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong'in-qutqaruv ekipajlari soat 09:13da yetib borib, 09:14da yong'in batamom o'chirilgan.

Yong'in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo'lish xolatlari qayd etilmadi.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong'in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Barcha haydovchilardan o'z boshqaruvidagi avtotransport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bo'lishlarini so'raymiz.