«Omikron» shtammida qanday alomatlar kuzatiladi?

0

Ba'zi mamlakatlar omikron shtammi tarqalishidan qo'rqib, karantin choralarini yana kuchaytirayotgan bir paytda, Janubiy Afrika Tibbiyot Assotsiatsiyasi prezidenti Anjelik Kutzi ushbu shtammni yuqtirganlarda kuzatilgan alomatlarni «engil, ammo g'ayrioddiy» deb atadi.

Kutzi hukumatni yangi shtammning tarqalishi haqida ogohlantirgan birinchi mutaxassislardan biri edi.

U kuzatuvlariga tayanib dediki, o'zi ko'zdan kechirgan 30 nafar virusga chalingan bemorning hech biri kasalxonaga yotqizilishi shart emas.

Ma'lumotga ko'ra, Kutziga murojaat qilganlarning ko'pchiligi 40 yoshgacha bo'lgan erkaklarni tashkil etadi. Ularning yarmidan ozrog'i emlangan. Ta'kidlanishicha, bemorlar orasida kuzatilgn asosiy umumiy simptom – kuchli charchoq.

Ular, shuningdek, tanadagi og'riqlar va quruq yo'taldan shikoyat qilishgan. Faqat bir nechtasida engil isitma bor bo'lgan va deyarli hech kimda hid va ta'm bilish sezgisi yo'qolmagan. Ma'lumotga ko'ra, «omikron» bemorlari kislorodga muhtoj emas.

loading...