Qo'shningda nima qasding bor edi! Bir kishi qo'shnisi chiqqan liftni portlatib yubordi

0

30-noyabr kuni tushdan keyin Marshal Konev ko'chasidagi ko'p qavatli uyda portlash sodir bo'lgan.

Portlash sodir bo'lgan vaqtda liftning ichida shu uyda yashovchilardan biri bo'lgan. Erkak turli tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Tergovchilar kabinadan qo'lbola portlovchi qurilma izlarini topishgan.

Bombani liftga shu uyda yashovchi 50 yoshli elektrik Aleksandr Chernov qo'ygani ma'lum bo'lgan. U qo'shnisi bilan uzoq vaqtdan beri kelisholmay yurgan. Ustiga ustak yaqinda qo'shnisi xonadonida ta'mirlash ishlarini boshlagan. Shovqinga dosh berolmagan Chernov uzoq vaqtdan beri davom etayotgan mojaroni g'ayrioddiy tarzda hal qilishga qaror qiladi. U uyida bomba yig'ib, lift kabinasiga qo'yadi. Qo'shnisi liftga kirgandan so'ng, u qurilmani ishga tushiradi.

Ammo qo'shnisi omon qolgan va suiqasddan bir necha soat o'tgach, Chernov qo'lga olingan. Uning uyidan bombaning qismlari va uni yasashda foydalaniladigan turli xil asboblar topilgan. Chernovga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

loading...