Turg'un Azizov 87 yoshi bilan tabriklandi

0

Bugun Kinematografiya agentligi xodimlari O'zbekiston xalq artisti Turg'un Azizovni xonadonida bo'lib, 87 yoshi bilan tabriklashdi.

Agentlik rahbariyati va kinoijodkorlar nomidan ustoz san'atkorga esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston xalq artisti Turg'un Azizov 1958 yilda «O'zbekfilm» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Yo'ldosh A'zamovning “Maftuningman” (“Ocharovan toboy”) myuzikl kinokartinasidagi obrazi bilan katta shuhrat qozongan.

 

loading...