O'zbekistonda sodir bo'lishi kutilayotgan chang bo'roni qaysi hududlarda kuzatiladi?

0

Avvalroq yurtimizda 1-2 dekabr kunlari havo keskin ko'tarilishi natijasida chang bo'roni va g'ubori kuzatilishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu hodisalar aynan qaysi hududlarda kuzatilishi mumkinligi bo'yicha mutaxassislar prognozlarini e'lon qilgan.

Ularning so'zlariga ko'ra, chang bo'roni va g'ubori Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatiladi. Shuningdek, ushbu hodisalar Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida ham kuzatilishi mumkinligi ta'kidlandi.