O'zbekistonga ayrim davlatlardan keluvchilar majburiy karantinga olinadi

0

Endi Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr davlatlaridan O'zbekistonga kirib keluvchi yo'lovchilar kirib kelgan kundan e'tiboran 10 kun davomida majburiy uy karantini yoki o'z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

Tegishli qarorni Respublika maxsus komissiyasi mamlakatga koronavirusning yangi omikron shtammi kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida qabul qildi.