Yo'ling soz – mashaqqating oz! O'zbekistonda so'nggi 3 yilda yo'llar rekonstruksiyasi uchun salkam 20 trln so'm ajratilgan

0

O'zbekistonda 2018-2021 yillar davomida yo'llar rekonstruksiyasi uchun 19,8 trillion so'm ajratilgan.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu mablag'lar evaziga 45,3 ming kilometrdan ortiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari va xo'jaliklararo ichki yo'llarda qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash ishlari amalga oshirilgan.

Ta'kidlanishicha, 3 yil ichida shuningdek, mamlakatimiz hududidagi xalqaro koridorlar ham rekonstruksiya qilingan. Ushbu ishlarga xalqaro tashkilotlarning mablag'lari ham jalb qilingan. Xususan, 2018—2021 yillarda 339,7 million dollar mablag' o'zlashtirilib, 497 kilometr uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari rekonstruksiya qilingan.

loading...