Halimahonim yana Ahad Qayum bilan janjallashdi — video

0

Halimaxonim Ahad Qayumning hech bir she'ri o'ziniki emasligini aytdi
Aktrisa, qiziqchi Halima Ibragimova Instagram sahifasiga Ahad Qayum bilan janjallashgani aks etgan video joyladi.

Ahad Qayum Botir Qodirovning «Halima» qo'shig'ining she'rini yozganini aytdi. Halima Ibragimovaning so'zlariga ko'ra, bu she'rni aktrisaning o'zi yozgan. Shuningdek, aktrisa Ahad Qayumning hech biri she'rini o'zi yozmaganini ta'kidladi. Shu bilan birga, qiziqchi ushbu munosabatga oydinlik kiritish uchun Amirxonni chaqirgan.

«Nima deyotganini ko'ryapsanmi? Botir Qodirovning ‘Halima’ degan ashulasi borku, o'shani men yozganman deydi. Agar sen yozgan bo'lsang, qo'ling sinib shol bo'lsin. Uni men yozganman. Mana men munosabatga oydinlik kiritgani Amirxonni chaqirganman. Mana guvohlarim bor. Hech qaysi she'rni sen yozmagansan. Burningni tiqma. Uyga qarab sur. Qaysi Halimada 'pretenziya'ng bor? Bu hazilmas», — deydi u.

loading...