“Kalmar o'yini” seriali “Gotham Awards” mukofotini qo'lga kiritdi

0

30-noyabr kuni Nyu-York shahrida “Gotham Awards” taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Koreyalik rejissor tomonidan ishlangan “Kalmar o'yini” eng yaxshi to'liq metrajli yil seriali sifatida e'tirof etilib, Amerikaning kinotanqidchilar, jurnalistlar, dasturchilar va film kuratorlaridan iborat qo'mita tomonidan ushbu mukofotga loyiq deb topildi.

“12 yil avval, 2009-yil ushbu ssenariyni yozganimda, bor kuchim bilan harakat qilganman, ammo u hech kimga yoqmagan. Menga ssenariyning haddan ortiq darajada shafqatsiz, mavhum va g'alati ekanini aytishgan. Premeradan keyin esa serialning dunyodagi eng mashhur shou bo'lishi uchun atigi 12 kun kerak bo'ldi”, — degan rejissor Xvan Don Xyok.

Ma'lumot uchun, “Gotham Awards” 1991-yildan buyon har yili yirik kinokompaniyalar homiyligidan mustaqil ravishda yaratilgan filmlarga topshirib kelinadi.

 

 

loading...