Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirilmoqda

0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning ma'lum qilishicha , yangi qonun loyihasiga muvofiq, pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda. Hozirda bu 15 yilgacha.

Poraxo'rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi, jazo yengilrog'i bilan almashtirilmaydi.

Qonun loyihasi parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilinishi, senat tomonidan ma'qullanishi va prezident imzolanib, rasmiy e'lon qilinishi bilan kuchga kiradi.